Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universiada-2015: O‘zbekiston terma jamoasi medallar hisobini ochmadi
3 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvandju shahrida boshlangan XXVIII yozgi Universiada o‘yinlarining to‘rtinchi kungi o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasi hali medalga ega bo‘lmadi.
“Universiada-2015” o‘yinlari 14 iyul kunigacha o‘tkaziladi va unda 120 davlatdan kelgan 12.000 nafar talaba sportchilar sportning 21 turida g‘oliblik uchun bahs yuritmoqda.
Butunjahon Universiada-2015 o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 31 nafar sportchi Akademik eshkak eshish, Yengil atletika, Taekvondo (WTF), Tennis, Qilichbozlik, Sport gimnastikasi, Badiiy gimnastika va Dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda vatan sharafini himoya qilmoqda.
Shu vaqtgacha 39 terma jamoa a'zolari medallar hisobini ochishgan.
Birinchi o‘rinda 20ta oltin, 13ta kumush va 11ta bronza medalini qo‘lga kiritgan mezbonlar joylashishgan.
Xitoy terma jamoasi 14ta oltin, 8ta kumush va 7ta bronza bilan ikkinchi o‘rinda ketmoqda.
Yaponiyaliklar medallarning jami soniga ko‘ra, xitoyliklardan ustunroq bo‘lishsada, medallar sifati bo‘yicha uchinchi o‘rinda qolishgan (13ta oltin, 13ta kumush, 17ta bronza).
Kuchli o‘nlikda AQSh (12ta oltin, 8ta kumush, 9ta bronza), Rossiya (11ta oltin, 17ta kumush, 16ta bronza), Fransiya (8ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza), Italiya (5ta oltin, 6ta kumush, 8ta bronza), Ukraina (4ta oltin, 9ta kumush, 4ta bronza), Litva (4ta oltin, 1 kumush, 2 bronza), Buyuk Britaniya (2ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza) terma jamoalar o‘rin olishgan.
Turkiya 1 oltin va 3ta bronza bilan 21 o‘rinda, Qozog‘iston 1 oltin va 2 bronza bilan 22 o‘rinda qayd etilgan.