13:37 / 08.07.2015
5168

Uychi tumanidagi 30-maktab atrofi tashlandiq holda qolayotgani e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda

Namangan viloyati, Uychi tumani Mashad qishlog‘ida yashovchi internet foydalanuvchisi kun.uz saytiga murojaat qilib, qishloqning Ergashkan ko‘chasidagi 30-maktab binosi joylashgan hududda barpo qilingan gulxona qarovsiz va tashlandiq holda yotganligi haqida ma'lum qildi.

“Maktab oldidagi 200 metrdan oshiq masofaga cho‘zilgan gulxona 3 yildan beri tashlandiq holda yotibdi. Gulxonaga birorta gul yoki daraxt ekilmagan. Bu esa ko‘cha ko‘rinishini ham buzib turibdi. Maktab rahbari Qobiljon Ergashevga bir necha bor aytdik, lekin u hech qanday chora ko‘rmadi. Axir yaqinda mustaqilligimizning 24 yilligi nishonlanadi. Qolaversa yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu holatga tegishli idoralar e'tibor qaratishini istaymiz”, deydi shikoyatchi.

U bu xabar saytda chop etilishi muammoning bartaraf etilishiga yordam berishiga umid bildirgan.

Top