O‘zbekiston | 10:55 / 08.07.2015
5221
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qo‘shimcha aksiyalar chiqarib, ustav fondini ko‘paytiradi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 201483576 qo‘shimcha aksiya chiqaradi. Ulardan har birining narxi 430 so‘mni, umumiy qiymati esa 86.6 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda 3 iyul kuni tarqatilgan matbuot xabarnomasida aytildi.
Aktsiyalarning chiqarilishi aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga Eyvalek maxsus temir beton AJning davlat aksiyalari paketining 96.07 foizi berilishi hisobiga moliyalashtirildi. Shuningdek, Hojibug‘ut stansiyasi asbob-uskunalari, Taxiatosh temir yo‘li, ikkita yo‘lovchi vagonlari hamda “Toshkent mexanika zavodi” AJ davlat ulushi nominal qiymatda kompaniya ustav fondiga kiritildi.
2015 yil 11 iyunda jamiyat 1.1 mlrd dona 509 mlrd so‘m umumiy qiymatdagi oddiy aksiyalar chiqarishi haqida qaror qabul qilingan edi. Jamiyatning birinchi emissiyasi qimmatbaho qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan 19 iyun kuni ro‘yxatga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish