Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Angren” logistika markazining 49 foiz aksiyasi xorijiy investorga sotiladi
O‘zbekiston yaqin kunlar ichida “Angren” logistika markazidagi davlat ulushining 49 foiz aksiyalarini xorijiy investorga realizatsiya qiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilab berilgan.
Avtomobil va temir yo‘l yetkazuvlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Angren” logistika markazi 2010 yili Obliq temir yo‘l stansiyasi negizida ishga tushirilgan edi. Uning asosiy vazifasi yuklarni qabul qilish, ularni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga Qamchiq va Rezak dovonlari orqali yetkazishdir.
Yuk operatsiyalarining belgilangan quvvati yiliga 4 mln tonnani tashkil qiladi.