Fan-texnika | 11:39 / 09.07.2015
8989
1 daqiqa o‘qiladi

Airbus ikki sathli avialaynerni patentlaydi

AQSh patentlarni va savdo belgilarini boshqarish saytida Airbus kompaniyasining Double-deck airplane (ikki sathli avialayner) nomli patent talabnomasi chop etildi.

Gap ikki yarusli konstruksiyaga ega ulkan layner haqida ketmoqda. Taxminlar bo‘yicha, yo‘lovchi sig‘imiga ko‘ra yangilik Airbus A380 samolyotidan ham o‘zib ketishi mumkin. Airbus A380ning borti uch klassli bortda 525, bir klassli konfiguratsiyada 853 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Parvozning maksimal uzoqligi 15 400 km.

Patent murojaatnomasida tushuntirilgan konstruksiyada yuqorida tilga olingan Airbus A380, Airbus Beluga yuk samolyoti, shuningdek, “Antonov” elementlari aks etgan. Yangi laynerning yo‘lovchi sig‘imi ming kishidan oshib ketishi mumkin. Kontseptsiya hayotga qanday tatbiq etilishi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmadi.