Jahon | 23:26 / 09.07.2015
11646
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yangi yadro bombasini sinovdan o‘tkazdi

AQShning Yadro xavfsizligi bo‘yicha milliy ma'muriyati va Harbiy-havo kuchlari 1 iyul kuni B61-12 yadro bombasining birinchi sinovini o‘tkazdi, deb xabar berilmoqda tashkilot saytida.

Jangovar kallakka ega bo‘lmagan B61-12 bombasi F-15E qiruvchi samolyotidan Nevadadagi Tonopa poligoniga tashlandi. Qayd etilishicha, sinov muvaffaqiyatli o‘tgan.

Joriy yil oxirigacha yana ikkita sinov o‘tkazish rejalashtirilgan, ularning natijalariga ko‘ra qayta ishlashlar bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish