Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asqar Tolibjonov: Deyan Jurjyevich MTJda Samvel Babayanga yordam beradi
O‘FF anjumanlar zalida O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
O‘FF rasmiy tvitterining xabar qilishicha, anjumanda avvalo Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov so‘z oldi.
Asqar Tolibjonov: O‘FF ijroqo‘mida xorijiy mutaxassisni jalb qilish qarori qabul qilingandi. Biz Deyan Jurjyevich nomzodida to‘xtaldik. Deyan Jurjyevich – terma jamoalar markazi texnik direktori lavozimiga tayinlandi.U bilan shartnoma tuzildi va bugundan faoliyatini boshlaydi.
Deyan olimpiya termasi olimpiya o‘yinlariga chiqishda, milliy terma jamoaning Osiyo chempionati va Jahon chempionati chiqish yo‘lida yordam beradi.