10:15 / 09.07.2015
2494

Boliviya prezidenti Rim papasining sog‘lig‘idan xavotir olib, nutqini qisqartirdi

Boliviya prezidenti Evo Morales Rim papasining mamlakatga tashrif buyurishi munosabati bilan so‘zlagan nutqini uch martaga qisqartirdi. Notimex agentligining ma'lum qilishicha, u shu yo‘l bilan pontifikning sog‘lig‘ini asrashni o‘ylagan.

Papa Frantsisk kecha Ekvadordan Boliviyaning El-Alto shahriga tashrif buyurdi. Moralesning nutqi 15 daqiqaga mo‘ljallangan edi, lekin u 5 daqiqaga cho‘zildi.

El-Alto dengiz sathidan 4 ming m balandlikda joylashgan, bu 78 yoshli Frantsiskning sog‘lig‘iga ma'lum qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Pontifik Morales tomonidan La-Pasda qabul qilindi. Keyinroq u Lotin Amerikasi davlatlari bo‘ylab turne doirasida Santa-Krus shahriga uchib ketadi.

Top