07:29 / 09.07.2015
2546

Buyuk Britaniya hukumati ijtimoiy soha xarajatlarini 12 mlrd dollarga qisqartirmoqda

Buyuk Britaniya hukumati qat'iy tejamkorlik siyosatini davom ettirmoqda. Hukumat ijtimoiy sohaga xarajatlarni 12 mlrd funt sterlingga qisqartirmoqda, deb xabar bermoqda Agence France-Presse axborot agentligi. Bu haqda Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn parlament yig‘ilishida ma'lum qildi.

Osborn buni britaniyaliklarning konservatorlarning tejamkorlik siyosatiga qarshi o‘tkazayotgan navbatdagi namoyishi ortida aytib o‘tdi. Namoyishchilar parlament yig‘ilishi boshlangunga qadar hukumat binolari joylashgan ko‘chani to‘sib qo‘yishgan edi.

Osbornning aytishicha, ijtimoiy xarajatlarning qisqartirilishi davlat byudjyetining umumiy hisobda 37 mlrd funt sterlingga qisqartirilishi doirasida amalga oshirilmoqda.

Iyun oyida ommaviy norozilik namoyishlarida 250 ming kishi ishtirok etgan edi. Ko‘p sonli namoyishlarga qaramasdan, hukumat rejalashtirilgan qat'iy tejamkorlik choralarini amalga oshirmoqda.

Top