Jamiyat | 16:06 / 09.07.2015
6014
1 daqiqa o‘qiladi

Chelyabinsk gubernatori homilador ayolni kiritmagan tug‘ruqxona xodimlarini ishdan bo‘shatib yubordi

Chelyabinsk gubernatori Boris Dubrovskiy 5-sonli shahar shifoxonasi xodimlarini ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma berdi. Viloyat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, xodimlar homilador ayolni tug‘ruqxona hududiga kiritmaganligi sabab bo‘lgan.
Shifoxonaga kelgan homilador ayol ichkariga kiritilmagani tufayli uning kirish oldida shifokorlar yordamisiz ko‘zi yorigan. Buning yuzasidan sog‘liqni saqlash vazirligi taftish o‘tkazgan.
“Teftelevga: bosh shifokor o‘rinbosari ishdan bo‘shatilsin. Qorovul ishdan bo‘shatilsin. Bosh shifokorga axloqiy chora ko‘rish”, – gubernatorning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.
Shuningdek, viloyat rahbari shifoxona qabulxonalarining mustaqil ravishda murojaat qiluvchi bemorlarni qabul qilishga tayyorligini tekshirish haqida ko‘rsatma berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish