Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:31 / 09.07.2015
8765
1 daqiqa o‘qiladi
Chustda o‘z uyida qurol saqlab kelgan odam jarimaga tortildi
Namanganning Chust tumanidagi qishloqlardan birida yashovchi Mo‘minjon Sotvoldiyev o‘nlab yillar davomida uyida qurol saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1931 yilda ishlab chiqarilgan ov quroli noqonuniy saqlab kelingan.
Sud aybdorning pushaymonligini inobatga olib, uning jazosini yengillashtirdi va eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima belgiladi. Qurol esa musodara qilindi.