12:05 / 09.07.2015
7725

Facebook ayollar va erkaklar ramzlarini qayta ishlab chiqdi

Facebook dizayneri Keytlin Uinner ijtimoiy tarmoqdagi ayollar, erkak, guruhlar ramzlari redizayni jarayonini tasvirlab berdi. Jarayon bir necha oy davom etgani ma'lum qilindi.

Kompaniyada ish boshlagan Uinner ayollar ramzining chap yelkasida nuqson borligini aniqladi. U nuqson do‘stlar ramzida ayol gavdasini erkak ramzi to‘sib turadigan qismga to‘g‘ri kelishini aniqladi. Hamkasblar bilan muhokamadan so‘ng yangi dizayner ishga kirishdi.
U ayollar ramzi uchun yangi yelka chizdi. Shundan so‘ng u suratdagi qizning soch turmagini o‘zgartirishga qaror qildi, negaki amaldagi turmak, uning fikricha, Dart Veyderning dubulg‘asiga o‘xshar edi. Uinner uch xil turmakni ko‘rib chiqdi va kalta sochlisini tanladi.
Shundan so‘ng dizaynerga erkaklar ramzi eskirganday, “modadan qolgan”day tuyula boshladi. Shu bois u erkakning turmagini o‘zgaritirib, yelkalarini pasaytirdi.
Bundan tashqari, Uinner erkaklar ramzi ko‘proq ishlatilishiga e'tibor berdi. Masalan, do‘stlarni qo‘shishda erkaklar ramzi chiqib turadi. Bu unga adolatsizlik bo‘lib tuyuldi, shu bois yana ikkita variant yaratildi – ayol yoki jinsi aniq ko‘rsatilmagan odam ramzi.
Shuningdek, Uinner do‘stlar ramziga e'tibor qaratdi. Uning fikricha, bu holatda ayol erkakning soyasida qolib ketgandi, shu bois yangi dizaynda ayol tasviri erkaklar markaziga joylashtirildi.
Uinner yaratgan ikonkalar yarim yildan buyon Facebook mahsulotlarida qo‘llanib kelinmoqda.

Top