15:09 / 09.07.2015
32001

Freyd bo‘yicha yanglishish? Obama o‘z nutqida “IShID kuchlarini tayyorlamoqdamiz” deb yubordi

AQSh prezidenti Barak Obama brifing paytida o‘z fikrini yanglish ifodalab qo‘ydi. U AQSh IShID kuchlari tayyorgarligini tezlashtirmoqchi, deb yubordi.
“Mening o‘tgan oydagi ko‘rsatmalarim asosidagi choralarni hisobga olgan holda biz IShID kuchlarining va Anbar viloyati sunniy qabilalari ko‘ngillilarining tayyorgarligini tezlashtirmoqdamiz”, – dedi Obama Yaqin Sharqdagi terrorchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan chiqishida.
Keyinroq Oq Uy saytida chiqarilgan Obama nutqining stenogrammasida “IShID” so‘zi yonidan kvadrat qavs ichida “Iroq” deb yozib qo‘yildi. Shu tariqa matbuot xizmati AQSh prezidenti Iroq rasmiy qurolli kuchlari tayyorgarligini tezlashtirmoqchi ekanligini aniqlashtirdi.

Top