Jamiyat | 10:13 / 09.07.2015
12284
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada birovning halokatiga olib kelgan YTH sababchisi voqea joyi yaqinida o‘zini osib qo‘ydi

Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida politsiya jiddiy avtohalokatni taftish qilmoqda.
Shahar chorrahalaridan birida yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, svetoforda to‘xtab turgan mashinalarga kelib soldi. Yengil avtomobil va chiqindi tashuvchi mashinaga jiddiy zarar keldi. Motosiklli politsiyachi esa halok bo‘ldi.
Guvohlarning aytishicha, voqeada jiddiy zarar ko‘rmagan yuk mashinasi haydovchisi o‘zini g‘alati tuta boshladi. U bir muddat mashinasi kabinasiga kirib, so‘ng voqea joyidan ketdi. Yetib kelgan politsiyachilar kabinadan o‘lim maktubini topishdi. Keyinroq haydovchi voqea joyiga yaqin yerdagi xiyobonda o‘zini osgani aniqlandi.
Voqea qayd qilingan video YouTube saytiga joylashtirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish