Jamiyat | 08:18 / 09.07.2015
10159
1 daqiqa o‘qiladi
Jonni Depp o‘z qahramoni Jyek Tullak qiyofasida og‘ir dardga chalingan bolalar yoniga tashrif buyurdi
“Karib dengizi qaroqchilari” filmi oltinchi qismining navbatdagi suratga olish kuni tugagandan keyin 52 yoshli aktyor Jonni Depp o‘zining qahramoni Jyek Tullak qiyofasida Kvinslenddagi bolalar shifoxonasiga yo‘l oldi.
Keyinroq aniqlanishicha, saratonga chalingan bolalar davolanadigan bu shifoxonaga yulduzli mehmonlarning kelishi u yerdagi barcha uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
Depp shifoxonaga kelgach, bir soniyaga ham o‘z qahramoni qiyofasidan chiqmadi. Aktyor bolalar bilan birga bajonidil o‘ynadi, ular bilan suratga tushdi. Bundan tashqari, aktyor yotog‘idan o‘zi tura olmagan har bir bolaning palatasiga birma-bir tashrif buyurib, ularni o‘z tashrifi bilan xushnud etdi.