11:03 / 09.07.2015
3213

Malayziya Donbassda Boeing samolyotining qulashi bo‘yicha tribunal loyihasini e'lon qildi

Malayziyaning BMTdagi delegatsiyasi Donbassda qulagan Boeing 777 samolyoti halokatini mustaqil tekshirish bo‘yicha xalqaro tribunal yaratish talabi aks etgan Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasini ommalashtirdi. Bu haqda The Malaysian Insider nashri xabar bermoqda.

“BMT XK bitta maqsadda ushbu tribunalni shakllantirish lozim, bu ham bo‘lsa ushbu jinoyat uchun javobgar shaxslarni sud orqali ta'qib qilishdir”, – deyiladi hujjat matnida.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning 17 iyulida Ukrainaning urush girdobida qolgan Donbass viloyati osmonidan uchib o‘tayotgan Malaysia Airlines kompaniyasiga tegishli MH17 reysni amalga oshirilayotgan samolyot urib tushirilgan edi.

Top