Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Qirg‘iziston prezidenti akasining vafoti sababli Ufaga kechroq keladi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev akasi Kaliybek Sharshenovning vafoti sababli Ufadagi ShHT sammitiga rejadagidan kechroq keladigan bo‘ldi. Bu haqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
“Almazbek Atamboyevning Rossiyaga Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etish uchun ishchi safari bekor qilinmaydi, biroq prezident u yerga kechroq jo‘nab ketadi”, deb aytmoqda manba.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidentining akasi 63 yoshida vafot etgani ma'lum bo‘lgandi.