Jahon | 07:41 / 09.07.2015
4298
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi sobiq ZIL zavodida chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Moskvadagi sobiq ZIL zavodida chiqqan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda “Moskva” shahar yangiliklari agentligi xabar bermoqda.

“Yong‘in bartaraf etildi. Yong‘inni o‘chirish davomida 4 kishi qutqarib olindi, jabrlanganlar yo‘q”, deyilmoqda xabarda.

Yong‘inni o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining 3ta vertolyoti yong‘in o‘chog‘iga 100 tonnadan ko‘proq suv tashlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish