14:21 / 09.07.2015
7014

O‘zbekistonda 184 ming km avtomobil yo‘llari borligi aytildi

O‘zbekistonda 184 ming km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘i bo‘lib, uning 42 654 km si umumiy foydalanish yo‘llari hisoblanadi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Milliy matbuot markazida tashkil etilgan anjumanda aytib o‘tildi.
“Jamiyat” nashrining yozishicha, tadbirda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy foydalanishdagi yo‘llarini rivojlantirish, takomillashtirish istiqbollarini belgilash hamda avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini yuritish borasida ishlar xususida ma'lumot berildi. Jumladan, oxirgi paytlarda 116.7 km yo‘l yangidan qurilgani va 34.9 km avtomobil yo‘llari ta'mirlangani aytildi.
Qayd qilinishicha, 2015-2019 yillarda investitsiya dasturlari doirasida 2.67 ming km avtomobil yo‘llarida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Shulardan 376.3 km umumiy foydalanish yo‘llari 2015 yilda qayta tiklanadi.

Top