09:22 / 09.07.2015
19003

O‘zbekistondagi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari "IShID" safiga yollanish muammosiga qarshi kurashadi

O‘zbekistondagi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari o‘zbekistonliklarning "IShID" (Iroq va Shom Islom davlati") safiga yollanish holatlariga qarshi kurash olib boradi.

12news.uz nashrining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston bo‘ylab "Mahalla" xayriya jamg‘armasi homiyligida shu maqsadda seminarlar tashkil etilmoqda.

Shunday seminarlardan birinchisi 29 iyun kunidan 4 iyulgacha Toshkent shahrida o‘tkazildi va unda oqsoqollar, posbonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Seminar qatnashchilariga mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqqan o‘zbekistonliklarning diniy ekstremistik kuchlar ta'siriga tushish holatlarini o‘rganish vazifa qilib berilgan.

Seminar instruktorlari ekstremistlar o‘z saflariga odamlarni yollashda qanday vositalardan foydalanishlari haqida tushuncha berib o‘tishdi.

Top