16:27 / 09.07.2015
7213

Qirg‘izistonda mashinasida bir sumka geroin olib ketayotgan rossiyalik qo‘lga olindi

Bishkekda Qirg‘iziston huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan avtomobilda sport sumkasiga solingan 23 kg geroin olib ketayotgan Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Giyohvand moddalarni nazorat qilish davlat xizmati vakiliga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Giyohvand moddalar skotch bilan o‘ralgan 46 ta paketga solingan bo‘lgan. Narkokurer maxsus operatsiya doirasida Afg‘onistondan Qirg‘izistonga giyohvand moddalarni olib o‘tmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan jinoyatchi qo‘shni Tojikistondan bo‘lib, nakrobiznes bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a'zosi bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Rossiya Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Viktor Ivanovning aytishicha, Rossiyaga olib kiriladigan geroinning 100 foizi Afg‘onistonda ishlab chiqariladi. Xizmat afg‘on narkotrafigiga kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Qirg‘iziston va Tojikistonning mas'ul organlari bilan o‘zaro harakatlarni kuchaytirmoqda.

Top