18:06 / 09.07.2015
6319

Maykl Duglas amerikalik aktyorlarni tanqid qildi

Taniqli aktyor Maykl Duglas The Independent nashriga bergan intervyusida yosh artistlarni tanqid ostiga olib, ularning ijtimoiy tarmoqlarga berilib ketganini hamda obrazdan chiqa olmay qolishini ta'kidladi
“Amerikalik aktyorlarga nimadir bo‘lmoqda. Britaniyaliklar va avstraliyaliklar Amerika kinosidagi eng yaxshi rollarni olib ketmoqda”, – dedi 70 yoshli yulduz.
“Ular ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiradi va hech narsani repetitsiya qilmaydi, – davom etdi so‘zida Duglas. – Ko‘plar o‘z obrazlariga asir bo‘lib qoladilar, bu ularning professionalligiga ta'sir ko‘rsatadi”.

Top