07:18 / 09.07.2015
3994

Rivaldo 43 yoshida yana yashil maydonga qaytdi

Afsonaviy braziliyalik futbolchi, o‘z vaqtida Toshkentning “Bunyodkor” klubi safida to‘p surgan Rivaldo 43 yoshida maydonga qaytdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotining 1999 yilgi sohibi Rivaldo Braziliyaning 2-divizionida ishtirok etuvchi “Moji-Mirin” jamoasi safida maydonga tushdi. Rivaldo, shuningdek, bu klubning prezidenti hisoblanadi.

2002 yilgi jahon chempioni 68 daqiqa davomida maydonda to‘p surdi, uning jamoasi esa “Nautiko” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, oxirgi 11ta uchrashuvda birinchi g‘alabasiga erishdi. Bu o‘yinda “Moji-Mirin” ikkala golini ham Rivaldo almashtirilganidan keyin kiritdi. Jamoa 11ta turdan keyin 6 ochko yiqqan holda musobaqa jadvalining eng quyi o‘rinidan joy olgan.

Top