Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 18:27 / 09.07.2015
4156
1 daqiqa o‘qiladi
Samsung Galaxy A8 17 iyul kuni taqdim etiladi
Samsung kompaniyasining navbatdagi fableti – Galaxy A8 2015 yilning 17 iyulida Xitoyda taqdim etiladi. Bu haqda NoWhereElse ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, smartfon 439 yevro narxda sotuvga chiqadi. Qurilma 5,7 dyuymli ekran, 2 GB tezkor hamda 16 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga 3050 mA/soatli akkumulyator, 16 Mpli asosiy va 5 Mpli old kamera o‘rnatiladi. Bundan tashqari, smartfonning “uy” tugmasida barmoq izi skaneri mavjud.

Samsung Galaxy A8 3 xil: oq, qora hamda tillarang ko‘rinishda sotuvga chiqariladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish