Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT davlatlari yosh yetakchilari qo‘shma loyihalar haqida kelishib oladi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning yoshlar yetakchilari Boshqirdistonda o‘tadigan yig‘ilishda yoshlarning hamkorligi masalasida tavsiyalar ishlab chiqib, o‘z davlatlari rahbariyatiga taqdim etadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga ShHT Yoshlar kengashi matbuot xizmati vakili ma'lumot berdi.
8-10 iyul kunlari Ufada BRIKS va ShHT sammitlari bo‘lib o‘tmoqda. Sammitlar doirasida ShHT Yoshlar kengashining anjumani ham bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston yoshlarining 30 vakili ishtirok etadi. Tadbir G‘afuriy tumanidagi “Krasnousolsk” sanatoriyasida o‘tkaziladi.
Tadbirda yoshlar o‘rtasida madaniy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik muhokama qilinadi. Sport, ta'lim-tarbiya va san'at sohalariga alohida e'tibor beriladi. Shuningdek, premiyalar va rag‘batlantiruvchi dasturlar ta'sis qilish borasida gap ketadi.