Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada T-80 tanklarini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi
«Ukroboronprom» Ukraina qurolli kuchlari kuchaytirish maqsadida T-80 tanklarini modernizatsiya qilish ishlarini boshladi. Bu haqda konsern rasmiy saytida xabar berilgan.
Xabarda yozilishicha, texnikani ta'mirlash va modernizatsiya qilish ishlarini mudofaa vazirligi xodimlari Xarkovdagi zirhli tank zavodida amalga oshirishadi.
Qayd qilinishicha, ta'mirlash jarayoni davomida bir yo‘la modernizatsiya ishlari ham olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ukraina 2015 yilning boshidan buyon 797 dona harbiy texnikalarni qo‘lga kiritgani borasida xabar berilgandi.