23:52 / 09.07.2015
7799

Universal studiyasi rekord muddatda 3 mlrd dollarlik kassaga erishdi

Universal studiyasi 2015 yilda kinosanoati uchun rekord muddatda 3 mlrd dollarlik kassaga erishdi, deb xabar bermoqda Deadline.

Universal studiyasining “Kulrangning 50 tusi” trilleri dunyo prokatida 403,6 mln dollar, “Forsaj 7” jangari filmi 1,16 mlrd dollar, “Yura davri dunyosi” fantastik filmi 843,9 mln dollar to‘pladi va hali ham dunyo kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda.

Studiya, shuningdek, prokatda Jud Apatouning “Omadsizlar” filmi hamda F.Geri Greyning “To‘g‘ri Komptondan” xip-xop-dramasidan katta foyda olishga umid bildirmoqda.

Top