08:36 / 09.07.2015
1982

Viktor Valdes "Antalyaspor" jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi

"Manchester Yunayted"ning zaxira darvozaboni Viktor Valdes o‘z faoliyatini Turkiyaning "Antalyaspor" jamoasida davom ettirishi mumkin.

Hurriyet nashrida yozilishicha, turklar "Barselona" jamoasida uzoq yillar o‘ynab, tanilgan bu futbolchi bilan shartnoma tuzish arafasida turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, bu jamoa Ronaldino va Samuel Eto`O kabi yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilarini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga ulgurdi.

Top