Jahon | 10:17 / 09.07.2015
4136
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin va Imomali Rahmon muhojirlarning pul o‘tkazmalarini muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan Rossiyadagi tojikistonlik mehnat muhojirlarining ahvolini muhokama qilishdi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, uchrashuvda muhojirlarning pul o‘tkazmalari qonunga muvofiq ravishda amalga oshirilish kerakligi ta'kidlandi.
Tojikiston yetakchisi o‘z navbatida rus tili o‘qituvchilarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
“Hozircha bu masalada biror muvaffaqiyat bilan maqtana olmaymiz. Putin Lavrovga bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirishga ko‘rsatma berdi”, – qo‘shimcha qildi Peskov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish