10:16 / 09.07.2015
4203

WikiLeaks AQSh maxfiy xizmatlari Germaniya rahbarlarini ham kuzatganini iddao qildi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi o‘n yil mobaynida Germaniya rahbariyatining telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatib borgan. Bu boradagi hujjatlar WikiLeaks portalida chop etildi.
E'lon qilingan ro‘yxatda Germaniya federal kansleri idorasi xodimlaridan 56 kishining ismi-sharifi bor. Shuningdek, saytda Angela Merkelning telefon muloqotlari matnlari, eshitiluvchi raqamlar ro‘yxati berildi.
Portalning ma'lum qilishicha, amerikaliklar 125 raqamni kuzatib borgan. Ular ichida Merkel xonimning shaxsiy mobil raqami, kansler yordamchisining telefoni va hatto mahkama faksi bor.
Ta'kidlanishicha, AQSh MXA Merkeldan ilgarigi rahbarlar – Gerxard Shryoder va Gelmut Kolning telefonlarini ham kuzatib borgan.

Top