Yangi tadqiqot natijalaridan ma'lum bölişiça, kelajakda havo haroratining 2 darajaga özgarişi midiyalar, ustritsalar va boşqa turdagi mollyuskalarni inson tomonidan iste'mol qilib bölmaydigan darajaga olib kelib qöyadi.
Iqlimşunoslarning başoratlariga köra, dengiz suvining harorati sekin-asta ösib boradi. Bu dengiz jonivorlar yaşaş şaroitlariga va muhitiga ham jiddiy özgarişlar olib kiradi. Bundan taşqari, yoğingarçilikning köpayişi natijasida suvning yuqori qatlamlarida tuz miqdori kamayib boradi.
Bu holatlar dengizda yaşovçi bakteriyalar va planktonlar mikroskopik jamoatlariga jiddiy ta'sir ötkazadi, ular esa öz navbatida oziq-ovqat zanjirida yuqoriroq örinda turuvçi jonivorlarga ta'sir ötkazmay qolmaydi. Turli toksinlar ajratadigan plankton va bakteriyalar şaroitga moslaşadi, lekin ularning toksinlari mollyuskalarda töplana boşlaydi. Buning natijasida mollyuskalar iste'molga yaroqsiz bölib qoladi.






