21:55 / 10.07.2015
6664

Alibaba va Tencent top-menejyerlari Xitoy davlat amaldorlariga pora berganlikda gumon qilinib hibsga olindilar

Xitoyning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri Tencent Holdings Ltd ning bir necha nafar yuqori lavozimli xodimlari va Alibaba ning raqamli ko‘ngilochar elektron tijorat yo‘nalishi direktori Patrik Lyu Xitoy huquq-tartibot muassasalari tomonidan davlat amaldorlariga pora berganlikda ayblanib hibsga olindilar.

Ayblovlar Lyu ning Tencent Video boshqarmasining rahbari sifatida ishlagan avvalgi ish joyi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Lyu ushbu lavozimii 2013 yilda tark etgan. Tencent videoxizmati Xitoy bozoridagi eng yirik videozxizmatga aylandi. Xizmat xorij teleshou va serillarini namoyish qiladi va o‘zining shaxsiy videokontentini ham ishlab chiqaradi.

Ushbu hibsga olishlar Xitoy rahbari Si Tszinpinning katta miqyosdagi korrupsiyaga qarshi tadbiri davomida amalga oshirilgan.

Top