11:16 / 10.07.2015
3204

Amerikalik uchuvchi o‘qlarni samolyot hojatxonasiga oqizib yubordi

United Airlines kompaniyasi samolyoti kapitani o‘ziga tegishli o‘q-dorini yo‘q qilishning ajoyib usulini topdi. Bu haqda New York Daily News gazetasi yozmoqda.
AQShda pilotlarga samolyot bortida qurol bilan yurishga ruxsat beriladi, bu terrorchilik tahdidi tufayli joriy qilingan tartibdir. Germaniyada esa bu qat'iy taqiqlangan.
Shu bois uchuvchi samolyot Myunxenga uchayotganini esga olib, o‘ziga tegishli o‘nta o‘qni axlat qutisiga tashlagan, so‘ng unitazdan oqizib yuborgan.
Aviakompaniya vakillari uchuvchining xatti-harakatlari to‘g‘ri emasligini, ammo, shu bilan birga, unga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta'kidlab o‘tdi.

Top