18:38 / 10.07.2015
5102

Andijonda pornografik disklar musodara qilindi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida yil boshidan buyon 180 videotovar musodara qilingan. Telegraf.uz saytining yozishicha, ular “mentalitet va turmush tarzi”ga mos kelmaydi.
Xususan, telefonlar, planshetlar va kompyuterlar xotirasiga yozib olingan pornografik yoki erotik mundarijaga ega 220 videomaterial yo‘q qilindi. Mualliflik huquqlari buzilgan holda konsertlar va filmlar yozilgan 25.8 ming qaroqchi disklar sotuvdan chiqarildi.
May oyida Andijon bojxona postida va Do‘stlik bojxona kompleksida fuqarolar I.Rashidov, D.G‘ofurov, O.Obidov, D.Vaxobjonovalar pornografik materiallar olib kirishga harakat qilganlarida qo‘lga olindi. Yana bir guruh fuqarolar diniy targ‘ibot mavzuidagi videomateriallar bilan qo‘lga olindi.

Top