09:15 / 10.07.2015
2230

AQSh Xodimlarni boshqarish vazirligiga hujum uyushtirgan xakerlar 25 mln kishi haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlagani ma'lum bo‘ldi

AQSh Xodimlarni boshqarish vazirligiga uyushtirilgan kiberhujum oqibatida 25 mln odam haqidagi shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlangan, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Qayd etilishicha, shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlanishi oqibatida davlat xizmatchilari va hukumat xodimlari bilan bir qatorda oddiy fuqarolar ham xavf ostiga qo‘yildi. Avvalroq vazirlikda xakerlar tomonidan ulkan ma'lumotlar massivi, ya'ni 4,2 mln sobiq va amaldagi federal xizmatchilar, ularning oila a'zolari haqidagi ma'lumotlar o‘g‘irlangani tan olingan edi.

Xakerlik hujumi haqidagi oxirgi ma'lumotlar xakerlar harbiy xizmatchilar va ularning qarindoshlari haqidagi ma'lumotni saqlovchi hujjatlar bazasiga kirganlaridan darak bermoqda.

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh ushbu hujumda Xitoy razvedkasidan shubha qilmoqda.

Top