Sport | 15:06 / 10.07.2015
2313
1 daqiqa o‘qiladi

Arda Turon "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

"Barselona" jamoasi turkiyalik yarim himoyachi Arda Turon bilan shartnoma imzolangani haqida rasman e'lon qildi.

Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, ushbu futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzildi.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Arda Turon "Atletiko" jamoasidan 34 mln yevro evaziga xarid qilingani haqida xabar berilgandi. Kataloniyaliklar "Atletiko"ga yana 7 mln yevroni bonus sifatida berishi mumkinligi aytilgan.

Qayd etish joizki, FIFA tomonidan "Barselona"ga qo‘llangan taqiqqa ko‘ra, Turon 2016 yilning yanvarigacha jamoa safida o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish