Sport | 16:08 / 10.07.2015
4013
1 daqiqa o‘qiladi

Arda Turon: "Barselona"ga qo‘yilgan taqiq tufayli ijarada o‘ynashimga hojat yo‘q

"Barselona" jamoasining yangi a'zosi Arda Turon 2016 yilning yanvariga qadar o‘yin amaliyotisiz qolishga tayyor.

"Barselona"ga nisbatan FIFA tomonidan joriy qilingan taqiqni deb, ijara asosida boshqa jamoaga berib yuborilmayman. Men keyingi 6 oy davomida jamoaga va shaharga moslashish bilan band bo‘laman.

Messi, Suares, Neymar, Inesta va boshqa yangi jamoadoshlarim bilan mashg‘ulotlarda qatnashish ijara asosida o‘ynab yurishdan foydaliroq.

Men dunyoning eng yaxshi o‘yingohida dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan o‘ynayman. Meni bu yerda jiddiy raqobat kutmoqda. Ammo bu yerda men futboldan zavq olishim mumkin.

Bu jamoa butunlay o‘zgacha uslubda o‘ynaydi va men bu uslubga moslashish uchun ko‘p mehnat qilishim kerak. Men yuqori saviyaga chiqishni istayman", deydi Turan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish