11:31 / 10.07.2015
2187

Facebook foydalanuvchilarining yangiliklar tasmasini nazorat qilishidagi erkinliklar kengaytirildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun o‘zlarining yangiliklar tasmasini boshqarish uchun sozlamalar qatorini kengaytirdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida xabar qoldirilgan.

Manbada yozilishicha, endilikda foydalanuvchilar qaysi yangilik o‘zining tasmasida birinchi bo‘lib ko‘rinishini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. See first xizmati orqali esa do‘stlarning qiziqarliroqlarini tanlash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, feysbuk foydalanuvchilarga yoqmagan postlar yozuvchi sahifalarga obuna bo‘lishni rad qilishi va keyinchalik qiziqarli tuyulgan, ilgari rad qilingan sahifalarni o‘z tasmasida qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Qolaversa, foydalanuvchilarning qiziqishiga qarab alohida shu sohaga oid maslahatlar, takliflar beruvchi kichik qator yaratiladi.

Mazkur o‘zgarish iOS operatsion tizimi uchun 9 iyul kunidan amal qilsa, Android uchun mazkur o‘zgarish bir necha hafta ichida yuklanadi.

Top