Jamiyat | 18:07 / 10.07.2015
1910
1 daqiqa o‘qiladi

Feysbuk «Live Journal» xizmatiga o‘tish bo‘yicha chaqiruvlar yozilgan postni o‘chirib tashladi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma'muriyati Rambler&Co rasmiy vakili Sofya Ivanovaning «Live Journal» xizmatiga o‘tish bo‘yicha chaqiruvlari yozilgan postni o‘chirib tashladi. Bu haqda Sofya o‘zining Facebookdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Rambler&Co vakili o‘z sahifasida AQSh ijtimoiy tarmog‘i hech qanday tushintirishlarsiz «Jonli jurnal»ga chorlagan mediahamjamiyat vakillarini bloklab qo‘ygani haqida izoh qoldirgan.

Facebook tomonidan JJning bloklanishidan keyin yozuvchi Eduard Bagirov mazkur xizmatdan foydalanishni boshlagan. Shuningdek, jurnalist Maksim Kononenko ham endilikda JJda blog yuritmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish