07:54 / 10.07.2015
3683

FQB "IShID"ning AQShda 4 iyulda terakt amalga oshirish rejasini fosh etganini ma'lum qildi

AQSh Federal qidiruvlar byurosi "IShID" terrorchi tashkiloti tarafdorlarining AQShda 4 iyul – Mustaqillik kunida teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan fitnasini fosh qildi, deb xabar bermoqda FQB direktori Jyeyms Komi.

Komining aytishicha, tergov davomida oxirgi 4 hafta ichida ushbu holat bo‘yicha 10 kishi hibsga olingan. Komi AQShda "IShID" ta'sirida bo‘lgan yana 10 kishi borligi, biroq ular aloqa qilishda “shifrlangan ma'lumotlar”dan foydalanganlari tufayli ularni aniqlash murakkablik tug‘dirayotganini aytgan.

Avvalroq Komi aynan shu “shifrlangan ma'lumotlar” tufayli AQSh terrorchilik targ‘ibotining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishini nazorat qila olmayotganini aytgan edi. Bu muammoni yechish uchun maxsus qonun kerak bo‘lib, hozirda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda ushbu qonun ustida ish olib borilmoqda.

FQB direktorining aytishicha, umumiy hisobda AQShda "IShID" safida jang qilish uchun Yaqin Sharqqa jo‘nab ketgan yoki ketmoqchi bo‘lgan 200 nafardan ortiqroq AQSh fuqarosi aniqlangan.

Top