Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada halokatga uchragan SSJ-100 uchun xorijiy sug‘urtachilar 16 mln dollar to‘laydi
2012 yili Indoneziyada halokatga uchragan Sukhoi SuperJet (SSJ-100) samolyoti ishi bo‘yicha Omskda o‘tkazilgan sakkizinchi hakamlik sudi xorijiy sug‘urtachilarning 16 mln dollar to‘lashi haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi.
“Sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi, ariza qondirilmadi”, – dedi sud vakili.
Ilgari ishda 24 kompaniya tilga olinib, zarar miqdori 32.4 mln dollarga baholangan edi. Qarzdorlikning qisman yopilishi tufayli bu summa ikki barobarga qisqardi. Da'vo bo‘yicha aybdor deb topilgan kompaniyalar Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Shvetsiya, Nepal, Hindiston va Fransiyada faoliyat yuritadi.
2012 yilning 9 may kuni Indoneziyada Rossiyadagi “GSS” XAJga tegishli SSJ-100 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida bo‘lgan 45 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida Rossiya, AQSh, Indoneziya va Fransiya fuqarolari bor edi. “GSS” kompaniyasi halok bo‘lganlarning oilalariga 140 ming dollar to‘ladi.
Halokat sug‘urta ishi deb tan oldi, ammo javobgarlar kerakli to‘lovlarni amalga oshirishdan bosh tortdi. Shunda "Kapital Straxovaniye" kompaniyasi 2013 yili sudga murojaat qildi.