Jamiyat | 15:33 / 10.07.2015
7911
1 daqiqa o‘qiladi

Isroillik qo‘shiqchi Madonnaning kompyuterini buzib kirgani uchun 14 oyga qamaldi

Isroillik xonanda Adi Lederman 14 oy muddatga qamoq jazosiga va 15 ming shekel jarimaga hukm qilindi. U bir qancha taniqli san'atkorlar, shu jumladan, Madonnaning kompyuteriga xakerlik yo‘li bilan kirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.
39 yoshli Lederman o‘z aybini tan olib, mualliflik huquqlarini buzgani va yulduzlarning shaxsiy hayotiga aralashganini tan oldi. Uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgani tufayli jazo biroz yengillashtiridi.
Lederman 3 yil muqaddam mahalliy musiqa tanlovida ishtirok etgan edi.
U 2015 yilning yanvarida qamoqqa olingan edi. Tergov ishida Isroil politsiyasiga FQB yordam bergan edi. Surishtiruv ishlarining boshlanishiga 2014 yilning dekabrida internetda Madonnaning yangi Rebel Heart albomidan tugallanmagan treklar chiqishi sabab bo‘ldi. Madonna buni shaxsiy hayotga aralishish deb baholab, surishtiruv o‘tkazilishini talab qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish