Jahon | 21:02 / 10.07.2015
7372
1 daqiqa o‘qiladi
JAR prezidenti ShHT sammitida baraban chalib, boshqir musiqasiga raqsga tushdi
YouTube da Ufadagi BRIKS va ShHT sammiti ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari Ufada bo‘lib o‘tgan norasmiy kechada boshqir xalq qo‘shiqlariga raqsga tushayotganlari aks etgan video paydo bo‘ldi.
Raqsga tushayotganlar orasida Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jyeykob Zumani ham ko‘rish mumkin. Videodan ko‘rinishicha, Zuma musiqachilardan birining barabanini olib (yoki unda o‘ziniki bo‘lganmi) raqsga tushgancha musiqachilarga monand uni chalgani aks etgan.
OAVlarda ushbu kecha “Dasko Garden” restoranida bo‘lib o‘tgani taxmin qilindi. Aynan shu yerda sammit ishtirokchilarini rasmiy uchrashuvlardan keyin norasmiy kechada ko‘ngillarini xushnud qilishga va'da berilgan edi. Ko‘rinishicha, kecha anchagina qizigan.