15:26 / 10.07.2015
5263

Malika Sharlottaning cho‘qintirish marosimidan ilk fotosuratlar namoyish etildi

Buyuk Britaniya qirollik oilasining yangi vakili malika Sharlottaning cho‘qintirish marosimi 5 iyul kuni o‘tkazilgandi.

Marosim Norfolk grafligidagi Sandringem shaharchasida joylashgan Mariya Magdalina cherkovida bo‘lib o‘tgan.

10 iyul kuni qirollik xonadoni ushbu marosimda olingan fotosuratlarni omma ixtiyoriga taqdim etdi.

Bu suratlar orqali marosimda Buyuk Britaniya qirolichasi Elizabet Ikkinchi va qirollik xonadonining bir qancha a'zolari, shahzoda Filipp ota-onasi shahzoda Charlz va gersoginya Kamilla bilan, Keyt Middlton ota-onasi Maykl va Kerol Middlton, uning akasi Jyeyms hamda singlisi Pippu Middlton ishtirok etishganini ko‘rish mumkin.

Suratlar marhum malika Diannaning xususiy fotografi bo‘lib ishlagan Mario Testino tomonidan olingan.

Top