12:05 / 10.07.2015
2050

Maskerano Argentina terma jamoasidan ketishi haqidagi xabarlarni inkor etdi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Xaver Maskerano terma jamoadan ketishi haqidagi xabarlarni keskin inkor etdi.

"Terma jamoadan ketishim haqidagi har qanday xabar - yolg‘on. Bunday vaqtda faqat o‘zim haqimda o‘ylashim xudbinlik bo‘lar edi.

Qachondir shunday qilsam ham albatta bu haqida o‘zim e'lon qilaman. Mening nomimdan kimdir gapirsa, buni ishonmaslik kerak", - deydi Maskerano.

Biroz oldinroq, Maskerano jamoadoshi Lionel Messiga nisbatan tanqidlar tinmasa, terma jamoadan ketishini e'lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Maskerano Chiliga qarshi o‘tkazilgan Amerika Kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin turnir tarixida uchta finalda mag‘lubiyatga uchragan ilk futbolchi bo‘ldi.

Top