Jahon | 00:44 / 10.07.2015
4879
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva sudi birinchi marta musiqa saytini “qaroqchilik” uchun jazoladi

Moskva shahri sudi “aksilqaroqchilik” bo‘yicha ilk shikoyatni qondirgan holda pleer.com saytiga unda joylashtirilgan bir nechta kompozitsiyalarni o‘chirib tashlash majburiyatini qo‘ydi.

Ushbu da'vo arizasi “S.B.A. Myuzik Pablishing” YoAJ tomonidan pleer.com ga qarshi berildi. Sayt musiqa asariga mualliflik huquqini buzgan va shuning uchun Artik & Asti guruhining bir nechta kompozitsiyalarini o‘chirib tashlashi kerak bo‘ladi. Agar “S.B.A. Myuzik Pablishing” tomonidan pleer.com saytiga takroran da'vo arizasi berilsa, unda sayt to‘sib qo‘yilishi mumkin. Bu da'vo arizasi “aksilqaroqchilik” qonunga tuzatishlar kiritilgandan keyin musiqa sohasidagi qaroqchilik bo‘yicha birinchi ish bo‘ldi.

“Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish” qonuniga tuzatishlar joriy yilning 1 mayida qabul qilindi. Endi musiqa va adabiy asarlar hamda dasturiy ta'minotlar mualliflik huquqi himoyasiga tushadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish