Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:55 / 10.07.2015
2474
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston TIVda BMT rezident-koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazildi
2015 yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida BMTning Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili Stefan Prisner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida BMT bosh kotibi Pan Gi Munning 2015 yil 11-12-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi hamda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.