Sport | 13:51 / 10.07.2015
2553
1 daqiqa o‘qiladi

Pakyao Indoneziyada qatlga hukm qilingan vatandoshini avf etishga chaqirdi

Mashhur filippinlik bokschi Menni Pakyao Indoneziyadagi Jokyakarta qamog‘ida saqlanayotgan, o‘lim jazosiga hukm qilingan filippinlik ayol bilan uchrashdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Advokat Edre Olalia bergan ma'lumotga ko‘ra, Pakyao Meri Jyeym Velosoni ko‘rgani rafiqasi bilan borgan hamda qamoqda bir soatcha bo‘lgan.
Veloso xonim 2010 yili giyohvand moddalar savdosi tufayli qatlga hukm qilingan edi. Jokyakarta shahri aeroportida uning yuklari ichidan geroin topilishi bunga sabab bo‘lgandi.
Joriy yilning aprelida jazo ijrosi ortga surildi, ammo undan boshqa 8 chet ellik qatl qilindi.
Advokatning aytishicha, barcha sud instansiyalariga murojaat qilib bo‘lingan, endi ayolni faqat avf etish qarori qutqarishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish