15:21 / 10.07.2015
1797

PSV Veynaldumni "Nyukasl"ga 14,5 mln funt evaziga transfer qilishga rozi bo‘ldi

Gollandiyaning PSV jamoasi "Nyukasl" tomonidan o‘z yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bo‘yicha bildirgan taklifini qabul qildi.

Jamoaning rasmiy tvitterida xabar qilinishicha, 24 yoshli ushbu futbolchi Fransiyada o‘tkazilayotgan mashg‘ulot yig‘inini tark etib, "Nyukasl" bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokara o‘tkazish hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga yo‘l olgan.

Sky Sports nashri ma'lumotiga ko‘ra, bu transfer qiymati 14,5 mln funtni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, Veynaldum o‘tgan mavsumda PSV safida erediviziyadagi 33 o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan hamda 5ta golli pas uzatgan.

Top