Jahon | 20:13 / 10.07.2015
9064
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: AQShning tashqi qarzi iqtisodiyot uchun jiddiy muammo hisoblanadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, AQShning yuqori darajadagi tashqi qarzi butun dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bu haqda “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Yevropada nima sodir bo‘layotganini hammamiz yaxshi bilamiz: iqtisodiy rivojlanishning tormozlanishi, Gretsiya atrofidagi muammolar sababli yuzaga kelgan yevrohududdagi inqiroz. AQShda ham o‘sish sura'atlari kamaygani kuzatilmoqda. U yerda qarz darajasi yalpi ichki mahsulot darajasidan oshib ketdi. Adashmasam, AQShning YaIMi 17,8 trln dollarni tashkil qiladi, qarzi esa 18,2 trln dollarga yetdi”, deb aytdi Putin Ufada bo‘lib o‘tgan BRIKS va ShHT sammiti natijalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

Putinning aytishicha, bu holat butun dunyo, jumladan BRIKS davlatlari uchun ham jiddiy muammo hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish